22:12 / 25.11.2020
4 639

Bugatti «aviatsiya» Chiron Sport’ini taqdim etdi (foto)

Bugatti «aviatsiya» Chiron Sport’ini taqdim etdi (foto)
Foto: «Motor»
Bugatti kompaniyasi o‘tgan yuz yillikning boshlaridagi mashhur poygachilarga va ularning aviatsiya bilan mustahkam aloqalariga bag‘ishlangan maxsus versiyani taqdim etdi. Chiron Sport Les Légendes du Ciel nomini olgan versiya 20 nusxada ishlab chiqariladi. Har birining narxi — kamida 2,88 million dollar, deb xabar beradi Motor.

Bugatti’ning aksariyat haydovchilari aviatsiyaga aloqador. Divo modeli bag‘ishlangan Albert Divo, masalan, harbiy uchuvchi bo‘lgan. Rolan Garros kabi u ham tinchlik zamonida Bugatti Type 19 ruliga o‘tirgan. Shuningdek, yana ko‘plab mashhur poygachilarga 20 nusxa Chiron Sport Les Légendes du Ciel («Samo afsonalari») bag‘ishlanadi. Ikki eshikli versiyaning o‘ziga xosligi — samolyotlarga taqlid qiluvchi ko‘rinishga ega dizayn va shunga mos ravishda bezatilgan salon.

Les Légendes du Ciel taqdim etilishi bilan Centodieci va La Voiture Noire’ni hisobga olmaganda, Bugatti Chiron versiyalari soni oltitaga yetdi. Odatdagi Chiron’dan tashqari, gammadan Chiron Sport, Chiron Pur Sport, Chiron Super Sport 300+ va Chiron 110 ans o‘rin olgan.

Foto: «Motor»
«Aviatsiya» Chiron Sport’i Gris Serpent jilosiz rangiga bo‘yalgan bo‘lib, 1920 yillarda samolyotlarda ishlatilgan ranglarning zamonaviy uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi. Mashina kuzovi oldiga oq chiziq tushirilgan. Old qanotlari Les Légendes du Ciel logotipi bilan bezatilgan. Radiator panjarasi shakldor plastinkalarga ega bo‘lib, qiruvchi samolyot ramzi hisoblanadi.

Foto: «Motor»
Chiron’ning eshigi ochilganida yo‘lga uning maxsus versiya logotipining proyeksiyasi tushadi. Mashina ostonasi silliqlangan aluminiydan ishlangan, dvigatel kallaklari — uglerod toladan. Salon Gaucho yorqin-jigarrang charmi, uglerod plastik bilan qoplangan.

Foto: «Motor»
Chiron Sport Les Légendes du Ciel 1500 ot kuchi va 1600 Nm aylanuvchi momentga ega sakkiz litrli W16 turbokompressori yordamida harakatga keladi. Uzatmalar qutisi — yetti pog‘onali «robot». Giperkar soatiga 100 kilometr tezlikka 2,4 soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 420 km/soat.

Foto: «Motor»

Foto: «Motor»

Foto: «Motor»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Bugatti «aviatsiya» Chiron Sport’ini taqdim etdi (foto)