2020 yil 11 dekabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudining apellyatsiya instansiyasida arizachi – «UzAutoMotors» aksiyadorlik jamiyatining javobgar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish yuzasidan sudning 2020 yil 30 oktabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini mazmunan ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, bugungi sud majlisida ishtirok etayotgan taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
«UzAutoMotors» aksiyadorlik jamiyati vakili sudlov hay’atiga murojaat qilib, ishni ko‘rish jarayonida davlat siri va tijorat siri bilan bog‘liq masala muhokama qilinganida sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazishni so‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakilining keltirilgan apellyatsiya shikoyati yuzasidan fikri tinglanib, shikoyatda keltirilgan vajlar yuzasidan berilgan savollarga javoblari tinglandi.
Qo‘mita vakili tomonidan sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritilib, unda ishni ko‘rishda taraf sifatida «Azimavtomotive» MCHJni jalb etish hamda «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati tomonidan kiritilgan shikoyat arizadagi imzoni haqiqiyligini tekshirish maqsadida sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash so‘raldi.
Sudlov hay’ati o‘z o‘rnida ajrim qilib, sudga oid xatshunoslik ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishdan rad etdi hamda ishni ko‘rishda taraf sifatida «Azimavtomotive» MCHJni jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnoma muhokamasi «UzAuto Motors» AJ vakillari fikri tinglanganidan so‘ng keyinga qoldirildi.
Keyingi sud muhokamasi 2020 yil 18 dekabr kuni soat 10.30 ga qoldirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi