
O‘tgan hafta davomida, ya’ni 14 – 20 dekabr kunlari birja savdolarida AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi. Bu haqda respublika tovar-xomashyo birjasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, birja savdolariga 23 952,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 21 736,1 tonnasi, ya’ni 90,7% sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 47 xaridor ishtirok etgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 845,8 ming so‘mdan 5 727,9 ming so‘mgacha yoki 2,0% ga pasaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar