Kadr: Youtube
Youtube’dagi «Garaj 54» kanalining novosibrsklik blogerlari avtomobilni «oyog‘ini osmondan» qilib boshqarib ko‘rdi. Rolik mualliflari tajribani o‘tkazish uchun «Volga» tomiga haydovchilar o‘rindig‘i va boshqaruv tepkilarini o‘rnatgan.
Muhandislar «Volga»ni qayta jihozlash uchun avtomobilning tom qismini to‘liq qirqib olgan, kuzovga metall tayanchlar payvandlangan bo‘lib, ularga xavfsizlik kamariga ega sport o‘rindiqlari qotirilgan. Shundan so‘ng, mutaxassislar mashinani boshqarish organlarni qancha masofaga joylashtirishga to‘g‘ri kelishini tekshirib ko‘rgan. Buning uchun improvizatsiya qilingan «arg‘imchoq»qa haydovchi oyog‘ini tepaga qaratilgan holda o‘tqizilgan.
Blogerlar mashina kuzovining orqa qismiga payvandlangan panelga tepkilar uzatmasini qotirgan. Natijada haydovchining bosh qismi rul chambaragiga, oyoqlari esa avtomobilning tom qismiga to‘g‘ri kelgan. Shunday qilib, mashinani boshqarish oson kechmagan. Haydovchi mashinani boshqarishni qaytadan o‘rganishga — o‘ng va chap tomonlar qayerda joylashganini o‘rganishga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat «Volga» ariqqa tushib ketib, tiqilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi