
Foto: Financial Tribune
Jizzaxda LADA va Renault avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda 2021—2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan.
Kelajakda ishlab chiqarish joyi sifatida kuzda Kia avtomobillari yig‘ilishi e’lon qilingan Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi Roodell kompaniyasining ADM-Jizzax zavodi ko‘rsatilgan.
Loyiha quvvati yiliga 100 ming dona avtomobilni tashkil qilishi kutilmoqda. Loyiha 60,9 million dollarga baholangan bo‘lib, shundan 33,3 million dollarni 2021 yilda sarflash rejalashtirilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi AvtoVAZ zavodida bir nechta Lada XRAY Cross’ning yig‘ilgan kuzovi ishlab chiqarilgani va u O‘zbekistondagi avtomobil yig‘ish zavodiga yuborish uchun mo‘ljallangani haqida xabarlar tarqalgandi. Kompaniyaning o‘zi esa o‘sha paytda odatdagidek mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortgan.
Biroq bosh direktor Doniyor Davletiyarov sentabr oyida Kia avtomobilini yig‘ish boshlanishiga izoh berib, birinchi yilda kompaniya uchta avtobrend avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini aytgan — investitsiya dasturida (Kia, LADA, Renault) ham xuddi shuncha ko‘rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar