09:50 / 02.01.2021
2 712

Ukrainalik erkak mustaqil ravishda balandligi 3 metr keladigan yo‘ltanlamasni yig‘di (foto)

Ukrainalik erkak mustaqil ravishda balandligi 3 metr keladigan yo‘ltanlamasni yig‘di (foto)
Foto: Motor
Ukrainaning Ternopol viloyatida istiqomat qiluvchi Yuriy Kordupel ismli fuqaro balandligi uch metr keladigan qo‘lbola yo‘ltanlamasni yig‘di. Ukraine nomini olgan mashina asosini «GAZ-66» tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

Umuman olganda yo‘ltanlamasda donor «GAZ-66»ni aniqlash juda qiyin, chunki yetti o‘rindiqli Ukraine shisha plastikdan tayyorlangan kapotli to‘liq original kuzovga ega bo‘lgan. Og‘irligi 4,5 tonna keladigan mashina Mercedes-Benz dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregatning o‘lchamiga aniqlik kiritilmagan, biroq u 150 ot kuchiga egaligi va avtomobilni soati 90 kilometr tezlikda harakatlantirishga qodirligi ma’lum.

Foto: Motor
Ukraine’ning balanligi uch metr keladi. Uzunligi — «Bogdan» avtobusidan kaltaroq (7430 millimetr). Mashinaning orqa eshiklar harakatlanish yo‘nalishiga qarshi ochiladi. Yo‘ltanlamasga elektr boshqariluvchi oynalar va orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera o‘rnatilgan. Intererining bir qismi ham Mercedes-Benz’dan olingan. Ukraine’ni yaratish uchun 2,5 yil vaqt va 25 ming dollar sarflangan.

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ukrainalik erkak mustaqil ravishda balandligi 3 metr keladigan yo‘ltanlamasni yig‘di (foto)