
Kadr: YouTube
YouTube’dagi Woodworking Art kanalining vetnamlik blogeri 1967 yilda ishlab chiqarilgan Ford Mustang GT500 modelining yog‘och bo‘lagidan yasalgan aniq nusxasi tasvirlangan videoni joylashtirdi.
Vetnamlik mutaxassis o‘z ishida sarv daraxti oilasiga kiruvchi fokieniyadan foydalangan. Ford Mustang GT500 1:10 masshtabida ishlangan. Mashina nusxasini yaratishda usta oddiy bolg‘a va qirqichlardan foydalangan bo‘lib, bunga 30 kun sarflagan.
Natijada erkak Mustang’ning nafaqat oddiy yog‘och nusxasini, balki ochiladigan eshiklar, kapot va yukxonaga, shuningdek, ishlaydigan «podveska» va buriladigan g‘ildiraklarga ega modelni yaratgan. Usta ushbu modelni sotuvga qo‘ygan. Yog‘ochdan ishlangan Ford Mustang narxi hozircha e’lon qilinmagan, biroq avvalroq u Ford Raptor yo‘ltanlamasi uchun 2 ming dollar so‘ragan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar