1 989
Hennessey VelociRaptor pikapi innovatsion zirh va tok uradigan eshik tutqichlari bilan jihozlandi
Foto: CARakoom
Zirhlangan Ferrari 458 Speciale yaratilganidan so‘ng AddArmor kompaniyasi boshqa bir loyiha — Ford F-150 Raptor bazasidagi Hennessey VelociRaptor ustida ish olib bordi, deb yozadi CARakoom.
AddArmor pikapini himoyalashda po‘latdan 15 barobar, kevlardan esa 40 foiz mustahkamroq bo‘lgan Dyneema materialidan foydalangan. Ushbu material «AK-47» avtomatidan otilgan o‘qlarga, shuningdek, qo‘lbola portlovchi qurilmalarga bardoshli hisoblanadi.
Biroq shuning o‘zi pikapni noyob modelga aylantirmaydi. Bundan tashqari, AddArmor mashinaga maxsus xavfsizlik paketi ham o‘rnatgan bo‘lib, u elektr toki uradigan eshik tutqichlari, ovozli qarshi hujum tizimi, kuchaytirilgan old va orqa bamperlar, ikkita akkumulyator, ichki aloqa tizimi, sirena va hatto avtomobilga o‘rnatilgan bombani qidirish tizimini o‘z ichiga oladi.
Foto: CARakoom
VelociRaptor, shuningdek, ichidagi havosi chiqib ketgan taqdirda ham, soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradigan shinalar bilan jihozlangan.
Hennessey VelociRaptor, bundan tashqari, kuchaytirilgan Brembo tormozlari va old podveska holatini muvozanatlovchi jamlanmaga ega bo‘lgan.
Foto: CARakoom
Hennessey VelociRaptor standart F-150 Raptor’dan farq qilgani sabab unga 600 ot kuchiga ega 3,5 litrli EcoBoost V6 dvigateli o‘rnatilgan. Bu mashinaga soatiga 96 kilometr tezlikka 4,2 soniyada erishishiga xizmat qiladi.
Foto: CARakoom “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?