Prezident qaroriga binoan, 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.
Shuningdek, ushbu sanadan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi ham beriladi.
Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Ye-IJRO AUKSION» tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib borishga mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub’ektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.
O‘rnatilgan vositalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorning o‘ziga yuklatiladi.
Prezident qarorida tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi aytilgan bo‘lsa-da, bu bo‘yicha Hukumat qarori hali qabul qilinganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 6 fevral kuni «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilinib, unda jarimalardan tushgan mablag‘lar qay tartibda taqsimlanishi nazarda tutilgan edi.
Qaror loyihasiga ko‘ra:
a) Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:
25 foizi – tadbirkorlik sub’ekti hisobiga;
25 foizi – Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
20 foizi – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
10 foizi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga «Xavfsiz shahar» konsepsiyasini to‘laqonli joriy etish uchun yo‘naltiriladi.
b) Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:
30 foizi – tadbirkorlik sub’ekti hisobiga;
25 foizi – Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
25 foizi – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi