Foto: Instagram / Haseeb Ahmad
Dubaydagi xalqaro savdo markazida avtomobil tyuningga bag‘ishlangan «Qirollik shou»si bo‘lib o‘tdi. Jeyms Kemeronning «Avatar» fantasik filmi uslubida yaratilgan S550 Ford Mustang ko‘rgazma g‘olibiga aylangan, deb xabar beradi Motor.
Ford Mustang modifikatsiyasi bilan BAAning Street Fighter Garage atelesi mutaxassislari shug‘ullangan. Tyunerlar sportkar ustida 10 haftaga yaqin ish olib borgan. Natijada mutaxassislar «Avatar» fantastik filmiga mos keladigan Mustang’ni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Mashinada ko‘zga tashlanadigan birinchi narsa — Avatar yozuvi tushirilgan nur taratuvchi ulkan radiator panjarasi. Sportkar ilg‘or aerodinamik «obves», qirqilgan tom, shuningdek, avtomobil harakatiga qarama-qarshi ochiladigan eshiklar bilan jihozlangan. Mustang kuzovi butunlay Pandora sayyorasidagi jonzotlarning aerosuratlari bilan qoplangan.
Loyihaning yana biz o‘ziga xos jihati — bu uchta ajraladigan qismdan iborat noodatiy kapot. Tyunerlar Mustang saloniga poyga mashinalarining o‘rindig‘ini, qattiq xavfsizlik yoyini, shuningdek, yorug‘lik diod yoritish tizimlarini o‘rnatgan. Arab mutaxassislarining noodatiy modifikatsiyasi butunlay o‘zini oqlagan. Ularning Ford Mustang’i «Qirollik shousi»da birinchi o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi