Foto: Iphoneaddict
Apple kompaniyasi o‘zining ilk avtomobili loyihasini kamida yarim yildan so‘ng e’lon qiladi. Bu haqda Wedbush tahlilchisi Deniel Ayvs CNBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Apple’ning birinchi avtomobili 2024 yildan oldin taqdim etilmaydi — kompaniyaga ishlab chiqarishni noldan boshlab yo‘lga qo‘yish uchun vaqt kerak. Biroq Tim Kukning korporatsiyasi loyiha haqida ommaga ma’lumot berib, «Apple Car uchun asos yaratishi» kerak.
Ayvsning fikricha, Apple haydovchisiz boshqariladigan elektrokari loyihasi taqdimotini va avtomobil bozoriga kirishini yozda e’lon qiladi. Apple Car anonsi yaqin 3—6 oy ichida bo‘lib o‘tishi kerak. O‘z manbalariga tayangan tahlilchining hisoblashicha, kompaniya qisqa muddatlarda avtomobil ishlab chiqarish uchun sherik topishi kerak. Deniel Ayvsning so‘zlariga ko‘ra, Apple hozirda boshqa kompaniyalar bilan bu borada muzokaralar o‘tkazmoqda.
2021 yilning yozida Apple kamida bitta ommaviy tadbir o‘tkazadi — an’anaviy WWDC anjumani. Unda kompaniya smartfonlar, kompyuterlar va boshqa qurilmalar uchun mo‘ljallangan yangi operatsion tizimlar versiyasini taqdim etadi.
Avvalroq Apple o‘zining birinchi elektrokarini yaratish ustidagi ishlar uchun Porsche muhandisini yollagani ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, internetda yangi Apple Car’ning soxta videosi tarqaldi. Apple avtopilotni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnomani 2017 yilda qo‘lga kiritgan. Kompaniya o‘z avtomobilini yaratishga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlar kamida 5 yil oldin tarqalishni boshlagan. Xususan, 2015 yili Apple 2019 yilgacha o‘z elektromobilini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi