Foto: CARakoom
Shanxay avtosalonida IM Airo nomli yangi elektromobil taqdim etildi. Xitoyda yaratilgan ushbu mashinani boshqa modellar bilan chalkashtirib yuborish imkonsiz, deb yozadi CARakoom.
IM — bu Xitoyning Zhiji kompaniyasining yangi brendi. Zhiji esa SAIC Zhangjian Hi-Tech va Alibaba Group’ning qo‘shma korxonasi hisoblanadi. Airo dizayni ustida Britaniyaning Heatherwick Studio dizaynerlik kompaniyasi ish olib borgan.
IM Airo konsept-kari havoni tozalovchi noodatiy texnologiyaga ega. Butun boshli elektromobil ulkan havo tozalagich kabi ishlaydi. Bu nol miqdorda zararli gazlarni chiqaradigan oddiy avtomobil emas, balki u havoning ifloslanishiga qarshi kurashda ham yordam beradi. Unga o‘rnatilgan ulkan HEPA-filtri atrof-muhitdagi zararli gazlarni so‘rib olib, ularni tozalaydi.
Foto: CARakoom
Elektromobil atrof-muhit bilan yaxshi «kelishibgina» qolmay, u to‘liq avtonom hisoblanadi. Shuningdek, unga shishali keng eshiklar va buriladigan o‘rindiq o‘rnatilgan. Rul chambaragi va boshqaruv organlari saqlanib qolgan.
Foto: CARakoom
Heatherwick Studio asoschisi Tomas Xezervik Airo modelini «tushlik, ish, o‘yin va uxlash uchun qo‘shimcha makonga ega ko‘p funksiyali xona» deb atagan. Dizaynerning veb-saytida ma’lum qilinishicha, kapsula avtomobilni ishlab chiqarish ishlari 2023 yilga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan