
Qaror bilan, 2022 yil 31 dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda.
Bunda quyidagi asosiy talablar qo‘yilgan:
- haydovchi 21 yoshga to‘lgan, avtomobil esa ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan bo‘lishi;
- avtomobil texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi;
- haydovchi xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
2021 yil 1 sentabrdan boshlab, YATT sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshiriladi (masalan, Yandex Taxi).
- Yakka tartibdagi tadbirkor – tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Mazkur prezident qarori bilan, taksi avtomobillariga qo‘yilgan talablar tasdiqlandi: sariq rangda yonuvchi «TAXI» belgisi va salonga maxsus devayslar o‘rnatish barcha taksichilar uchun majburiy bo‘ladi. Yuridik shaxs maqomidagi taksichilarga berilgan imtiyozlardan jismoniy shaxslar foydalana olmaydi. Bu haqda batafsil ushbu havolada tanishing.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar