19:09 / 18.07.2021
1 072

Avstraliya kompaniyasi Ferrari superkari bilan Tesla elektrokarining «chatishtirilgan» varianti ustida ish olib bormoqda

Avstraliya kompaniyasi Ferrari superkari bilan Tesla elektrokarining «chatishtirilgan» varianti ustida ish olib bormoqda

Foto: Battle Approved Motors
Avstraliyaning Battle Approved Motors kompaniyasi kraudfanding orqali pul yig‘ilayotgan o‘zining R101 elektroyo‘ltanlamasining ilk suratlari bilan bo‘lishdi. Kelajak mashinasi ikki o‘rindiqli kvadrotsikl ko‘rinishida bo‘lib, unda haydovchi va yo‘lovchi yonma-yon o‘tiradi. Ferrari va Tesla o‘rtasida model bo‘lishi kutilayotgan elektrokarni yaratish ishlari hozirda yakunlanish arafasida, deb xabar beradi Motor.

Ixtirochilar o‘zining transport vositasini parallel o‘tiriladigan kvadrotsikl deb ta’riflamoqda. Ushbu elektromobilni yaratish bilan Battle Approved Motors kompaniyasining rahbari Kris Jeyms va sobiq BMX-poygachi besh yildan buyon shug‘ullanib kelyapti. Ikki o‘rindiqli elektrokar mahalliy hudud sharoitidan kelib chiqib avtomatik ravishda mashina osti va yo‘l yuzasi orasidagi balandlikni o‘zgartirishga qodir innovatsion «podveska» bilan jihozlanadi. Suratlarga ko‘ra, kvadrotsikl to‘rtta sensorli displeyga ega bo‘ladi, ulardan biri rul chambaragiga o‘rnatiladi. Markaziy ekran xuddi Tesla’dagi kabi vertikal joylashadi.

Foto: Battle Approved Motors
Elektroyo‘ltanlamas ichki xavfsizlik karkasi va to‘liq uzatmali tizimga ega bo‘ladi. Kvadrotsiklning motori haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, unga benzinli muqobilidan kuchliroq agregat o‘rnatiladi.

Mashina ixtirochilari mazkur transport vositasini yomon yo‘llarda ham harakatlanishga qodir Ferrari va Tesla oralig‘idagi mashina sifatida ta’riflamoqda.

Foto: Battle Approved Motors
Kompaniya hozirda yangi yo‘ltanlamasni yaratish uchun kraudfanding platformasi orqali mablag‘ to‘plashda davom etmoqda. Ayni vaqtda mutaxassislar 830 ming dollarga yaqin pul to‘plagan. Muhandislar ilk elektrokarlarini 2022 yilda bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Avstraliya kompaniyasi Ferrari superkari bilan Tesla elektrokarining «chatishtirilgan» varianti ustida ish olib bormoqda
[/banner_pushhouse