Foto: City Transformer
Tel-Avivdagi City Transformer firmasi Myunxendagi IAA Mobility avtoshousida mitti transformer elektrokarni namoyish etdi. Model tor joylarda manyovrchanlikni yaxshi ta’minlash uchun g‘ildiraklari arkasi bilan yaqinlashadi, eni bir metrga qadar kichrayadi. City Transformer’ning tezligi soatiga 89 kilometrga yetishi mumkin bo‘lib, u bir marta quvvatlanish orqali 178 kilometr yo‘l bosa oladi, deb xabar beradi Motor.
City Transformer’ning asosiy o‘ziga xosligi — g‘ildiraklar izi kengligini o‘zgartira olishida — bu unga City Mode («shahar rejimi») rejimida tor joylarga joylashish imkonini beradi. Ixtirochilarning fikricha, bu kabi qobiliyat yo‘llardagi joylarni 75 foizgacha tejash imkonini beradi — bitta avtoturargohga bu kabi avtomobillardan to‘rttasi sig‘adi. City Transformer haydovchisining bo‘sh joy topish imkoniyati 10 barobar ko‘p — taxminan motosiklchilar kabi.
Performance Mode («unumli rejim») rejimida g‘ildiraklar arkalar bilan elektrokar kuzovidan chiqib, uning umumiy enini 1,4 metrga qadar yetkazadi. Qolgan o‘lchamlar o‘zgarmaydi: City Transformer uzunligi 2500 millimetrni, g‘ildiraklar bazasi 1800 millimetr bo‘lgan holatda balandligi 1580 millimetrni tashkil etadi.
Foto: City Transformer
City Transformer har biri 10 ot kuchini taqdim etishga qodir ikkita elektromotor yordamida harakatga keladi. Elektromobil soatiga 50 kilometr tezlikka besh soniyada erishadi, maksimal tezligi — 90 kilometr/soat. Batareya quvvatini yarim soat ichida 80 foizga chiqarish mumkin.
Ta’kidlanishicha, xetchbekga xizmat ko‘rsatish juda oson: undagi ehtiyot qismlar soni ichki yonuv dvigateliga ega standart avtomobilnikidan 90 foizga, o‘rtacha elektrokarnikidan esa 50 foizga kam. City Transformer uchun buyurtmalar qabul qilish boshlangan. To‘rt xil rangda taqdim etilayotgan avtomobilni 12,5 ming yevroga xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?