Foto: CarBuzz
BMW kompaniyasi orqa eshiklar uchun ikkita nostandart konstruksiya chizmalarini patentladi. Tasvirlarga ko‘ra, mexanizmlar konfiguratsiyasi gidravlik yoki elektr uzatmani o‘z ichiga olgan, shuningdek, eshiklar avtomobilning orqa tom qismi bilan birga ochiladi. Ikkala variant ham yo‘lovchilarning 2- va 3-qatordagi o‘rindiqlarga qulay o‘tirishini ta’minlaydi, deb xabar beradi Motor.
E’lon qilingan eskizlarda kompaniya hech qanday noodatiy jihatga ega bo‘lmagan yo‘ltanlamasni ko‘rsatgan. Ammo avtomobilga yuqoridan qaralsa, oddiy orqa eshik mashina tomining bir qismi bilan ochilayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi patentda esa shift qismga joylashtiriladigan gidravlik yoki elektr mexanizm orqa eshiklar ochilgan vaqtda tomning yon qismini avtomatik ravishda markazga surishi tasvirlangan.
Foto: DPMA
Ikkala holatda ham yangi eshiklar orqa ikki qatordagi yo‘lovchilarning salonga tushib-chiqishida qo‘shimcha qulaylik yaratdi. Shu bilan birga, innovatsion mexanizmlar krossover va yo‘ltanlamaslardan ko‘ra, past bo‘yli yengil mashinalarga ko‘proq qo‘l kelishi mumkin. Bu kabi konfiguratsiya muhandislar qo‘shimcha elementlar o‘rnatishni talab qiladi va tabiiyki, transport vositasining og‘irligi oshadi.
Foto: DPMA
Foto: DPMA
Bavariya markasi suriladigan va ko‘tariladigan mexanizmlar bilan o‘zining seriyali modellarini jihozlash yoki jihozlamasligi hozircha noma’lum. Bugungi kunda shu kabi eshik faqatgina BMW i8 gibridiga o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?