Foto: Autohome
Xitoy bozorida arzon elektrokar turlari tobora ortib bormoqda. Mahalliy Hongrui kompaniyasi Xiaohu Tiger nomli oilaviy elektrokar uchun buyurtmalar qabul qilishga tayyorlanyapti. Ikki yoki to‘rt o‘rindiqqa ega bo‘ladigan mashina narxi 4600 dollardan boshlanadi, deb xabar beradi Motor.
Xiaohu elektrokari tashqi ko‘rinishi bilan «Tesla qotili» nomini olgan boshqa bir mashinani — Wuling Hogguang Mini EV’ni yodga soladi. Mitti model mahalliy bozorda savdolar rekordini yangilamoqda: avgust oyida uning 41 188 nusxasi sotilgan. Aftidan Wuling’ning muvaffaqiyati Hogrui kompaniyasini ilhomlantirgan, chunki dizaynidan tashqari modelning o‘lchamlari, bosib o‘tish masofasi va narxi ham o‘xshash.
Foto: Autohome
Ikki o‘rindiqli Hongrui Xiaohu uzunligi uch metrga, besh o‘rindiqliniki esa 3,4 metrga yetadi, g‘ildiraklar bazasi mos ravishda 1980 va 2440 millimetr. Katta elektrokar yukxonasining maksimal sig‘imi 681 litrga teng.
Qo‘shimcha joyga ega bo‘lish uchun salondan markaziy tonnel olib tashlangan, old panelga multimedia tizimi joylashgan ekran va qurilmalar o‘rnatilgan. Ular qarshisida — boshqaruv elementlarisiz uch kegayli rul, markazda transmissiyani boshqaruv tugmalari joylashgan.
Foto: Autohome
Mashina narxi arzon bo‘lishiga qaramay, o‘rnatiladigan jihozlar u qadar «qashshoq» emas: ular orasidan orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera, ikkita frontal xavfsizlik yostiqchasi, shinalardagi bozimni monitoring qilish tizimi va tormoz kuchlanishini taqsimlaydigan tizim o‘rin olgan. Bundan tashqari, sport va tejamkor rejimda harakatlanish imkoniyati ham mavjud.
Foto: Autohome
Foto: Autohome
Xiaohu’ning elektrodvigateli bitta: u 41 ot kuchini taqdim etadi va 11,8 kilovatt/soatli akkumulatordan quvvatlanadi. Bir marta quvvatlanish orqali mashina NEDC sikli bo‘yicha 170 kilometr yo‘l bosa oladi. Modelning besh eshikli versiyasiga 46 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan, biroq batareya energiyasi 160 kilometrga yetadi.
Foto: Autohome
Hongrui Xiaohu Tiger’ning birinchi partiyasidan 500 nusxa o‘rin olgan bo‘lib, buyurtmalar oktabrdan qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi