
Mercedes-Benz kompaniyasi G-Class yo‘ltanlamasining maxsus modifikatsiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtomobil maxsus xizmatlar va armiya uchun mo‘ljallanadi, deb xabar berdi Which Car.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ltanlamas yorug‘lik diodli optika, shnorkel (dvigatelning suv ostida ishlashini ta’minlaydigan qurilma), ulkan bamper va yangi yon oynalar bilan jihozlanadi.
Unga 249 ot kuchiga teng 3 litrli turbodizel motor o‘rnatiladi. Nashrning yozishicha, kompaniya mutaxassislari dastlabki prototiplarni sinovdan o‘tkazishni boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar