1 995
Vodorodda harakatlanuvchi Toyota Mirai uzoq masofaga yurish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Foto: Toyota
Toyota Mirai vodorodomobili yonilg‘i elementlarida harakatlanadigan elektromobillar o‘rtasida bir marta quvvatlanish orqali uzoq masofa bosib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Janubiy Kaliforniya bo‘ylab harakatlangan sedan ikki kun davomida 1360 kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, bu «pasport»dagi yurish zaxirasidan ikki barobarga ko‘p. U to‘xtamasdan 12 ta vodorod quyish stansiyasi yonidan o‘tib ketgan: mashinaning harakati Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan kuzatib borilgan, deb xabar beradi Motor.
Ikkinchi avlod Toyota Mirai avtomobili 23 avgust kuni Gardena shahridagi (Kaliforniya shtati) Toyota texnik markazidan yo‘lga chiqqan. Mashinada ixcham avtomobillarni haydash bo‘yicha mutaxassis Ueyn Gerdes va ikkinchi haydovchi Bob Vinger bo‘lgan.
Birinchi kuni duet Santa-Barbaraga borgan, u yerdan Malibu plyajiga yo‘l olgan, Tinch okeani sohili bo‘ylab yana ortga qaytgan. Kun davomida ular 761,2 kilometr masofa bosgan. 24 avgust kuni sedan Los-Anjeles va Orinj okrugi o‘rtasidagi trassa bo‘ylab yana 698,7 kilometr yurgan.
Foto: Toyota
Toyota vakillarining ta’kidlashicha, agarda ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil shuncha masofani bosib o‘tganida havoga 300 kilogrammdan ortiq karbonat angidrid chiqargan bo‘lardi, Mirai’dan esa faqat suv chiqqan. 1,3 ming kilometrdan ortiq masofa uchun 5,65 kilogramm vodorod sarflangan.
Foto: Toyota
Sinov yakunlariga ko‘ra, Toyota Mirai bundan oldingi — bir marta yonilg‘i quyush orqali harakatlanish bo‘yicha o‘rnatilgan 1003 kilometrli rekordini yangilagan. Bunga qadar rekord Hyundai NЕXO vodorodomobiliga tegishli edi, 2019 yilda u 778 kilometr yo‘l bosgan.
Foto: Toyota “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi