16:54 / 18.10.2021
1 823

Ekspertlar qulay o‘rindiqlarga ega yangi avtomobillar nomini ma’lum qildi

Ekspertlar qulay o‘rindiqlarga ega yangi avtomobillar nomini ma’lum qildi
Foto: Hyundai
Amerikaning J.D. Power tahliliy byurosi ekspertlari yangi avtomobillarni (2021 yilgi model qatori) eng qulay o‘rindiqqa ega deb atadi. Mutaxassislar yangi mashina xarid qilgan va ijaraga olgan 111 ming haydovchi o‘rtasida 90 kundan so‘ng so‘rov o‘tkazib, universal o‘rindiqlar ro‘yxatini tuzgan. Reyting har 100 ta avtomobil saloniga o‘tirish va undan chiqishdagi shikoyatlar hisobiga qarab aniqlangan, deb xabar beradi Motor.

Ommaviy ravishda ishlab chiqariluvchi ixcham avtomobillar reytingiga Hyundai Elantra sedani boshchilik qilgan — Janubiy Koreya bestselleri 5,7 ball to‘plab Honda Civic (7,5 ball) va Volkswagen Golf (7,8 ball)ni ortda qoldirgan. O‘rta o‘lchamli yengil mashinalar qatorida birinchilik Honda Clarity’ga nasib etdi — 5,3 ball, Dodge Charger (5,5 ball) va Nissan Maxima (5,8 ball) unga juda yaqin kelgan.

Ixcham Nissan Rogue krossoverini mutlaq g‘olib deya hisoblash mumkin. Uning natijalari — 4,2 balli va premium-markalar ham unga havas qilsa arziydi. Rogue o‘z sinfida Ford Mustang Mach-E (7,0 ball) va Honda CR-V (7,1 ball) ortda qoldirgan.

O‘rta o‘lchamli krossoverlar uchligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Chevrolet Blazer (6,1 ball), Hyundai Palisade (6,4 ball) va Nissan Murano (7,1 ball). O‘rta o‘lchamli pikaplar orasida eng kam shikoyat RAM 1500 modeliga bildirilgan (6,3 ball), undan keyingi pog‘onalardan Ford F-150 (6,4 ball) va GMS Sierra (6,7 ball) o‘rin olgan.

Premium yengil mashinalar orasida eng yaxshi deya Porsche 718 e’tirof etildi (4,6 ball), biroq uchlikka Lexus RC (4,7 ball) va Genesis G90 (4,9 ball) modellari ham kirgan. Premium-krossoverlar orasida eng kam savol Lexus UX (4,4 ball), Lexus LX (5,8 ball) va BMW X4 (6,1 ball)ga paydo bo‘lgan.

J.D. Power tahlilchilari sun’iy charmli o‘rindiqlar shu qadar evolyutsiyaga uchraganki, endilikda sintetik materiallar iste’molchida salbiy reaksiyani yuzaga keltirmayapti degan xulosaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ekspertlar qulay o‘rindiqlarga ega yangi avtomobillar nomini ma’lum qildi