Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirayotgan Central Asia Motors korxonasida bo‘lib, korxonani ishga tushirish bilan bog‘liq jarayonlar bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona mexanika zavodi hududida joylashgan ushbu korxonada umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan «Elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillar ishlab chiqarish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu mablag‘ning 5 million dollari tadbirkorning o‘z mablag‘lari, yana 5 million dollari bank krediti bo‘lsa, qolgan 40 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.
Avvalroq loyiha Xitoyning Hong Kong ZRSC Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi va elektromobillarni ishlab chiqarish 2022 yilning dekabridan yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. To‘la quvvati bilan ishga tushgach, korxonada yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi bilan muloqot chog‘ida korxona rahbari loyihaning bugungi holati haqida ma’lumot bergan. 2021 yilning dekabr oyida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida yangi korxona konveyerlaridan chiqadi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
«Hozirgi kunda mamlakatimizda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari ommalashmaganini hisobga olgan holda, dastlabki bosqichda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqarilib, bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi», — deyiladi xabarda.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Hozirda elektromobillarni yig‘ish va test uskunalaridan o‘tkazish sexi hamda elektroforez va bo‘yash sexi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyor bo‘lib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlash uchun sex tashkil etishga qo‘shimcha ishlab chiqarish maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirilgan. Viloyat rahbari, mexanika zavodi hududidagi bo‘sh turgan maydonlardan ushbu investitsion loyihani yakunlash uchun belgilangan tartibda joy ajratib berish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq bergan.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018 yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov «yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqilishi»ni bildirgan edi. 2020 yilning noyabrida esa «O‘zavtosanoat»ning R&D markazi muhandislari «yarim yil ichida» narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach, 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston hukumatining 2020 yil 29 dekabrdagi qarorida «O‘zavtosanoat»ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan edi. Qaror doirasida kompaniyaga 1 fevralga qadar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspert va konsalting kompaniyalarini jalb etish haqida topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda rasmiylar 2021 yil oxirigacha Toshkentdagi barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida bayonot bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?