5 738
O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi ko‘tarildi. Buning asosiy sababi nima?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CEIR) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, iyul—oktabr oylarida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi sezilarli darajada oshdi, deya xabar qilmoqda Spot.
Narxlarning o‘sishi nisbatan yangi avtomobillarda kuzatildi. Cobalt 12 foizga, Spark 5 foizga, Lacetti 7 foizga, Malibu 18 foizga, Tracker 14 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, Damas va Labo narxlari deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Tahlilchilar narxlarning keskin o‘sishini yangi mahalliy avtomobillar ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘lamoqda, bu esa talabning doimiy o‘sishi bilan ikkilamchi bozorning faollashuviga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagandi. Kompaniya buni yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich transformatsiya qilingani bilan izohlab, shu doirada yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Sentabr oxirlarida esa kompaniya Lacetti va Spark ishlab chiqarish tiklanganini e’lon qildi.
CEIR tahlili, shuningdek, import qilingan avtomobillar narxining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi: Lada Vesta narxi 27 foizga, Lada Niva 44 foizga oshgan.
Shu bilan birga, ilgari ishlab chiqarilgan avtomobillarning narxi ham o‘sdi. 2020 yilda Chevrolet Cobalt’ning 2-pozitsiyasiga 9,6 ming dollar taklif qilingan bo‘lsa, 2021 yilda taklif narxi 10,2 ming dollargacha ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi