10:04 / 01.01.2022
3 576

UzAuto Motors: 2ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi

UzAuto Motors: 2ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi
Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish mo‘ljallangan.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:
  • yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshlash;
  • “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 mlrd AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Bunda:
- ishlab chiqariladigan avtomobillarni xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish;
- “Neksiya” rusumli avtomobillarni Qozog‘iston Respublikasida to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksportini amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, yengil avtomobillar mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Bunda, Andijon viloyatida tashkil qilingan “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 mln AQSH dollarlik 8 ta yangi loyihalarni 2022-2024 yillarda ishga tushirishni nazarda tutiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors: 2ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi