1 748
Toshkentda radar va kamera o‘rnatiladigan 69 ta hudud auksionda salkam 21 mlrd so‘mga sotildi
Toshkentdagi elektron auksionda 7 yanvar kuni radar va kameralar uchun 69 ta ob’ekt sotildi. Bu haqda E-auksion platformasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar qildi.
Qayd etilishicha, ob’ektlarning umumiy boshlang‘ich bahosi 306,45 million so‘m etib belgilangan. Auksion davomida ularning qiymati 68,5 barobarga oshgan va jami tushum 20,99 milliard so‘mni tashkil etgan.
Uchastkalarning qariyb barchasi uchta xaridor tomonidan sotib olingan. Ularning biri jismoniy shaxs, qolganlari ikkita kompaniya — Microyol va 64-BIT. Savdolar ishtirokchilar stavkalarni doimiy ravishda oshirib borgani hisobiga 10-11 soat davom etgan.
Eng ko‘p lotni 64-BIT xarid qilgan — 43 . Kompaniya ilgari ham radarlar uchun maydonlarni ommaviy ravishda sotib olgandi. Microyol esa 7 ta hududni sotib olgan. Jismoniy shaxs 19 ta uchastka xarid qilgan.
Auksion orqali radar
Tadbirkorlarga joriy yilning 1 martidan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.
Auksion g‘oliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021—2022 yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bunday lotlar katta talabga ega. Auksion paytida narxlar o‘n martalab oshishi mumkin. Masalan, iyul oyida Xorazmdagi bitta hudud 40 million so‘mga yoki boshlang‘ich bahosidan 27 baravar qimmatga sotib olingan.
Ma’lumot uchun, 2021 yil iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi. 1 iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi