19:50 / 21.01.2022
1 197

COVID-19 «Toyota»ni to‘xtatdi

COVID-19 «Toyota»ni to‘xtatdi
Foto: «Drom.ru»
Dunyoning eng yirik avtomobilsozi — «Toyota» kompaniyasi Yaponiyadagi 11 ta zavodida ayrim konveyerlar to‘xtatilib, ishlab chiqarish qisqartirilishini e’lon qildi.

Bu yil hisobidan hozircha boshqa hech bir kompaniya mashina chiqarishni to‘xtatgan emas. O‘tgan yili bironta ham avtokompaniya qisqartirish nimaligini bilmasdan ishlagandi.

2022 yil boshidan pandemiya «Toyota» zavodlarida kasallanishlar sonini oshirib yubordi, dezinfeksiyalash ketmoqda.

Pandemiyaning so‘nggi xurujiga qadar ham kompaniya, chiplar taqchilligi bois, global ishlab chiqarishni fevralda 150 mingtaga kamaytirib 700 mingtagacha tushirishni rejalashtirgandi.

«Qayta ko‘rib chiqish natijasida, 2022 yilning 31 martida tugaydigan moliyaviy yilda ishlab chiqarish prognozi oldin aytilgan 9 mln. birlikdan past bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi kompaniya bayonotida. Chunki endi boshqa qisqarishlar ham qo‘shilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » COVID-19 «Toyota»ni to‘xtatdi