Foto: «DRAYV»
Avtosug‘urtachilarni qidirish platformasi — Compare.com mutaxassislari amerikaliklarning «orzu mashinasi» portretini chizishdi. Kutilmagan natija. Krossoverlar «Ferrari», «Lamborghini», «Bugatti» superkarlaridan «o‘zib ketdi».
18 yoshdan 80 yoshgacha amerikaliklarning 30 foizi SUV krossoverlari (sport-utilitar avtomobillar)ni tanlashdi. Yo‘ltanlamaslar anchadan beri savdolar yetakchisi. 2025 yilda AQSHda sotiladigan avtomobillarning 78 foizini krossoverlar tashkil etishi kutilyapti.
Bizda oq mashina xaridorgir, amerikaliklar esa qora mashinalarni yoqtirishadi. So‘rovda qatnashganlar ko‘pchiligi «BMW»ning qora krossoveriga ovoz berishgani ham shundan. Uzoq yo‘lga chiqishni yaxshi ko‘radigan amerikaliklar esa ko‘k rangli «Audi» kupelarni tanlashdi. Shimoliy Amerika shaharlarida yashovchilar ham «BMW»ni eng yaxshi mashina deb hisoblashadi. Biroq shaharliklarga ko‘proq bu brendning oq rangli sedanlari yoqadi.
«BMW» — AQSHda yashovchilar uchun «birinchi raqamli avtobrend (25 foiz ovoz). Tanlov uchun uchta asosiy sabab: boshqarish qulay, chidamli va saloni did bilan ishlangan.
«Orzu mashinalari» ro‘yxatiga Amerika mashinalaridan bittasi kirdi, u ham bo‘lsa qishloqlarda yashovchilar minadigan qizil rangli «Chevrolet» pikaplari.
Amerikaliklar orzusidagi ikkinchi mashina — o‘zlarida chiqadigan «Ford». Biroq amalda undan ko‘ra yaponlarning «Toyota»sini ko‘proq xarid qilishyapti. «Top-dream»dagi uchinchi mashina — «Audi». Amerikaliklarning faqat 11 foizi yuqori texnologiyali «Tesla» elektrokarlariga qiziqish bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi