Prezident «Toshkent shahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirishga doim qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorda tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»da belgilanishicha, mavjud barcha chorrahalar yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.
Xususan, poytaxtda mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga 2022 yil yakuniga qadar shahar hokimligi mahalliy budjeti va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mablag‘lari hisobidan zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoqurilmalar o‘rnatiladi.
494 ta chorrahaga o‘rnatilgan barcha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalari yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.
2022 yil davomida 140 ta tirband chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha quyidagi tumanlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi:
Mirobod tumanida — 15 ta,
Mirzo Ulug‘bek tumanida — 7 ta,
Yashnobod tumanida — 4 ta,
Yakkasaroy tumanida — 19 ta,
Chilonzor tumanida — 9 ta,
Olmazor tumanida — 26 ta,
Shayxontohur tumanida — 22 ta,
Yunusobod tumanida — 28 ta,
Sergeli tumanida — 10 ta.
2022—2025 yillar mobaynida shahar ko‘chalarida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida mavjud svetofor ob’ektlarini bir-biri bilan bog‘liq holda ishlashini hamda «aqlli svetoforlar» (Smart traffic lights) va «aqlli chorrahalar» (Smart Crossroads) kabi intellektual transport tizimlari joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish orqali mazkur chorrahalarda o‘tkazuvchanlik va qulaylikni oshirish kerakligini ta’kidlab, 2022 yilda 200 ta chorrahada harakatni transport oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy etilishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi