1 mart kuni «AvtoVAZ» Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham LADA avtomobillari narxini oshirdi. Bu kompaniyaning yangilangan prays listidan ma’lum bo‘ldi.
Rossiyada narxlar o‘rtacha 15 foizga oshgan bo‘lsa, O‘zbekistonda model qatoriga qarab 3 foizdan 10 foizgacha:
- Vesta narxi endilikda 160,9 mln so‘mdan boshlanadi (+3,8 foiz);
- XRAY — 171,9 mln so‘mdan (+3 foiz);
- Yangi Largus — 162,9 mln so‘mdan (+5,8 foiz);
- Niva Legend — 152,9 mln so‘mdan (+4,8 foiz);
- Niva Travel — 204,9 mln so‘mdan (+9,6 foiz).
«AvtoVAZ» narxlarning oshish sababini oshkor qilmadi, ammo bozordagilar bunga nafaqat mikrosxemalar tanqisligi, balki rubl qadrsizlanishi ham sabab bo‘lganini aytishmoqda.
AvtoVAZ1, LADA avtomobillari1, Narxini oshirdi1, Yangilangan prays list1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing