16 mart kuni «AvtoVAZ» Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham LADA avtomobillari narxini oshirdi. Bu kompaniyaning yangilangan prays listidan ma’lum bo‘ldi.
Har bir modellar narxi to‘liq 10 millionga o‘sdi:
- Vesta narxi endilikda 170,9 mln so‘mdan;
- XRAY — 178,9 mln so‘mdan;
- Yangi Largus — 172,9 mln so‘mdan;
- Niva Legend — 162,9 mln so‘mdan;
- Niva Travel — 214,9 mln so‘mdan boshlanadi.
«AvtoVaz» mart oyi boshidan beri ikkinchi marta narxlarni ko‘tardi. Birinchisi 1 mart kuni, O‘zbekistonda narxlar 3-10 foizga oshganida bo‘lgan edi.
Qimmatlashuv sabablari ma’lum qilinmayapti, ammo bozorda buni avtomobillarning yetishmasligi, elektron ehtiyot qismlarning tanqisligi, ta’minot zanjirining buzilishi, valyuta kurslari, metall bahosining oshishi va boshqalar bilan bog‘lashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing