Foto: UzAuto Motors
O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatdi. Bu haqda EurasiaNet xabar berdi. UzAuto Motors avtomobillarda Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplardan foydalaniladi. Janubiy Koreya esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan.
Agar UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilishni davom etganda, Janubiy Koreya O‘zbekistonga mikrochiplar va boshqa muhim butlovchi qismlar yetkazib berishni to‘xtatardi. Bu esa O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
GM’ning Detroytdagi vakili UzAuto Motors Rossiyaga Chevrolet avtomobillarini eksport qilishni 9 mart kuniyoq to‘xtatganini aytdi.
Kompaniya vakili eksport to‘xtatilganini na tasdiqladi, na inkor etdi. «Daryo»ning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya rossiyalik hamkorlar oldidagi shartnoma majburiyatlarini sanksiyalar joriy etilishidan avval bajarib bo‘lgan.
Janubiy Koreya mikrochiplari UzAuto Motors uchun qanchalik muhim?
UzAuto Motors 2021 yilda ishlab chiqarish hajmini qisqartirdi. Asosiy sabab qilib butun jahonda bir necha yillardan buyon davom etib kelayotgan mikrosxemalar yetishmovchiligini ko‘rsatgan.
Chiplar ta’minotidagi uzilishlar sabab bir qator avtokorxonalar faoliyati to‘xtatilib, natijada mikroprotsessorlar xaridi 2020 yilning boshidayoq maksimal darajada qisqargan edi.
Dunyoda jami oltita chip ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ularning eng yirigi TSMS va UMC Tayvanda joylashgan. Ushbu chiplardan boshqa kompaniyalar esa mikrokontrollerlarni (MCU) ishlab chiqaradi.
UzAuto Motors har bir avtomobilda yarimo‘tkazgichlarni qo‘llovchi 100—300 butlovchi qismlarni hisobga oladi. Yarimo‘tkazgichlar spidometrlarda, magnitolalarda, shuningdek, navigatsiya tizimlari va boshqalarda foydalaniladi.
Boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi UzAuto Motors ham avtomobillarni qisqartirilgan butlovchi qismlar bilan ishlab chiqarishni taklif qilgan holda og‘ir vaziyatdan chiqish yo‘lini izlamoqda.
Rossiya UzAuto Motors uchun qanchalik muhim?
Bir necha yil avval Rossiya UzAuto Motors uchun juda muhim bozor edi, biroq so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgargan.
Masalan, 2021 yilda Qozog‘iston 26 970 dona avtomobil sotib olib, kompaniyaning asosiy bozoriga aylandi. Rossiya esa bor yog‘i 456 dona sotib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi