O‘zbekistonda ayrim banklar elektromobillar uchun ekokredit taklif qila boshlashdi. Kredit muddati 48 oy, foiz stavkasi esa 23 foiz etib belgilangan.
Boshlang‘ich badal miqdori esa eng kamida 35 foiz bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, 6 oylik imtiyozli muddat ham mavjud.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda elektromobillar ommalashmoqda. Aprel oyi holatiga ko‘ra, elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari O‘zbekistonning yetti viloyatida mavjud.
Zaryadlash stansiyalari umumiy soni 50 ga yaqinlashib qoldi, ularning asosiy qismi Toshkent va Farg‘ona vodiysida joylashgan. Yana bir nechta stansiyalar Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bor.
Bundan tashqari, 2022 yilning yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston 228 ta elektromobil import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 150 taga ortiq.
Hukumatning muhokamaga qo‘yilgan qaroriga ko‘ra, tashkilotlar tomonidan 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar bo‘lishi talab etiladi.
Shu sababdan O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi birinchilardan bo‘lib xizmat mashina parkiga 10 dona elektromobil xarid qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi