19:53 / 25.04.2022
1 862

«O‘zavtosanoat» va BYD ilk elektromobilni qachon ishlab chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

«O‘zavtosanoat» va BYD ilk elektromobilni qachon ishlab chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq «O‘zavtosanoat» elektromobil ishlab chiqarish BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi haqida xabar berilgan edi.

Yaqinda BYD mutaxassislari Toshkentga kelib, bozor va ko‘rsatkichlarni o‘rgandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zavtosanoat» vakili Shavkatbek Alimov ma’lum qildi.

Biznes-reja ishlab chiqilmoqda. Nafaqat elektromobillar, balki akkumulatorlar, shuningdek, SamAvto negizida avtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha ham hamkorlik qilmoqchimiz, — dedi Alimov.

May oyida O‘zbekistonga Xitoydan sinov elektromobillar keltiriladi. Xaridorlarga qanday variantlar kerakligini tushunish uchun ular bilan car-clinic o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish 2023 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» va BYD ilk elektromobilni qachon ishlab chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi