
Foto: Global Look Press
AQSH prezidenti Jo Bayden kongressdan Ukrainaga yordam berish uchun qo‘shimcha 33 mlrd dollar ajratilishini so‘radi.
Ma’lumot berilishicha, prezident ma’muriyati so‘ralgan mablag‘ning 20,4 mlrd dollarini Ukrainaga "harbiy va xavfsizlik sohasida qo‘shimcha yordam" hamda Yevropa xavfsizligini ta’minlashga ajratishni ko‘zlamoqda.
Ushbu yordam paketi "Ukrainaga qo‘shimcha artilleriya, zirhli texnika, tankka va havo hujumiga qarshi vositalarni to‘xtovsiz yetkazib berishni ta’minlash"ga qaratilgan.
Bundan tashqari, Bayden Kiyevga iqtisodiy yordam uchun kongressdan qo‘shimcha 8,5 mlrd dollar so‘radi. Bu mablag‘ biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda "Rossiya dezinformatsiyasi va targ‘ibotiga qarshi" kurashishga sarflanadi.
Ajratiladigan mablag‘ning 500 mln dollarini qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga sarflash ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar