00:16 / 30.04.2022
2 997

O‘zbekiston va dunyoda rubl nima sababdan ko‘tarilmoqda?

O‘zbekiston va dunyoda rubl nima sababdan ko‘tarilmoqda?
Foto: The Moscow Times
Avvalroq rubl O‘zbekistonda tarixiy rekord darajada o‘sib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Bunday holat nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham ro‘y bermoqda. Misol uchun, Rossiyada 1 dollar martda qariyb 140 rublgacha baholangan bo‘lsa, 29 aprel holatiga ko‘ra 71 rubl bo‘lmoqda. Oradagi farq deyarli ikki barobar.

Oxirgi oyda rubl kursi 42 foizga oshdi. Taqqoslash uchun ikkinchi o‘rinda borayotgan Braziliya reali atigi 6,2 foizga o‘sgan.

Mutaxassislar buni Rossiya hukumati tomonidan ko‘rilgan choralar bilan tushuntirmoqda:

- Agar bu siyosiy choralar amalga oshirilmaganida, ehtimol rublning dollarga nisbatan kursi 180 rubl bo‘lar edi, — deydi Nyu-Yorkdagi Wells Fargo Securities valyuta strategi Brendan MakKenna.

Bu choralarga misollardan biri — rossiyalik eksportyorlar valyutadagi daromadlarini katta qismini rublga aylantirishga majbur.

- Yoz oylarida kunlar isiy boshlasa — bu Rossiyaning energiya eksportiga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Rublning o‘sishi orqaga qaytishi mumkin, — deydi Freedom Finance kompaniyasining Rossiya fond bozori operatsiyalari bo‘limi rahbari Jorj Vaschenko.

Valyutaning tinimsiz ko‘tarilishi mamlakat eksport qiladigan har bir barrel neft uchun budjetga kamroq rubl tushishini anglatadi. Rossiya markaziy bankining asosiy stavkani 17 foizdan 14 foizga pasaytrigani ham bir necha oy ichida o‘z asoratlarini keltirib chiqaradi.

Bularning hammasi rubl ayirboshlash kursi real vaqtda sarf-xarajat kuchini aks ettirmasligi mumkinligini anglatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va dunyoda rubl nima sababdan ko‘tarilmoqda?