23:16 / 04.05.2022
1 768

Alisher Usmonov Yevropa kengashini sudga berdi

Alisher Usmonov Yevropa kengashini sudga berdi
Foto: Bloomberg
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevroittifoq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani uchun norozilik bildirib Yevropa sudiga da’vo arizasi berdi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

"Janob Alisher Usmonovning Yevropa kengashiga qarshi arizasi 29 aprel kuni berilgan. Da’vogar kengashning unga nisbatan cheklov choralari kiritish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni va sud hukmiga qadar cheklov choralari ijrosini to‘xtatib turishni talab qilmoqda", - deb ma’lum qilgan sud matbuot xizmati.

Ushbu da’vo bo‘yicha tinglovlar qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinmagan.

28 fevral kuni Yevropa kengashi Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. U va “qora ro‘yxat”ga kiritilgan rossiyalik boshqa shaxslarga YEIga kirish taqiqlangan hamda ularning YEIdagi aktivlari muzlatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov Yevropa kengashini sudga berdi