Foto: «Motor»
Ko‘plab davlatlarda yerosti tunnellari xavf yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanib, u yerlarda tezlik rejimi cheklanadi. Biroq AQSH aholisi o‘zlarini shokka solgan optik illyuziya guvohiga aylanishdi. Haydovchilardan biri yo‘lning bir qismini egallagan ulkan jarlikni suratga olish uchun tunnelga kirishda to‘xtagan. Aslida esa u jarlik emas, balki to‘planib qolgan oddiy ko‘lmak suvi bo‘lib chiqqan, deb xabar beradi «Motor.
E’lon qilingan kadrlarda tunnelning burilish qismida avtomobil osonlik bilan tushib ketishi mumkin bo‘lgan ulkan o‘ra hosil bo‘lgandek ko‘rinadi. Shu bilan birga, yerosti yo‘lining aynan shu qismiga yaqinlashuv joyida xavfdan ogohlantiruvchi hech qanday belgi yo‘q. Bir necha soniya o‘tgach, o‘rtacha tezlikda harakatlanib kelgan Toyota va Audi «o‘ra» qarshisida keskin tormoz berib yuborgan.
Avtomobillar to‘siqni bosib o‘tgach, asfaltdagi chuqur «jarlik» nima ekani ma’lum bo‘lgan — u tunnel devorlaridan oqib tushgan suvdan hosil bo‘lgan ko‘lmak. Harkatlanayotgan avtomobillarga hech narsa xavf tug‘dirmayotganini anglagan videorolik muallifi harakatni davom ettirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning martida Buyuk Britaniyada havoda «muallaq turgan» kemalar suratga olingandi. O‘shanda bunday optik illyuziyalarni Arktikada muntazam uchratish mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi