Amerika hukumati milliy mudofaa strategiyasining yangi tahririga muvofiq Xitoyni asosiy strategik raqib deb bilishda davom etmoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks ma’lum qildi.
“Bizning milliy mudofaa strategiyamiz Yevropa va uning tashqarisidagi Rossiyaning tahdidini to‘liq inobatga oladi, biroq ... Xitoy Qurolli kuchlarimiz uchun eng jiddiy strategik raqib va asosiy chaqiriqdir”, - dedi Xiks Ronald Reygan nomidagi prezident fondi tomonidan tashkil etilgan anjumanda. Uning so‘zlaridan RT iqtibos keltirgan.
Mart oxirida Pentagon AQSH milliy mudofaa strategiyasining yangi tahriridan maxfiy ko‘chirmalarni chop qilgandi. Undan Vashington hozirgi bosqichda Xitoyni asosiy strategik raqib va Qo‘shma Shtatlar uchun chaqiriq deb bilishi ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi