10:44 / 10.05.2022
1 904

Xitoyda osmon qip-qizil tusga kirdi

Xitoyda osmon qip-qizil tusga kirdi
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi Chjoushan shahrida osmon qizil rangga kirdi. Aholi bu noodatiy holatni tasvirga olishdi. Ushbu kadrlar Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 150 milliondan ortiq ko‘rildi va shov-shuvli mavzulardan biriga aylandi.

«Men hech qachon bunday holatni ko‘rmaganman. Osmon qizil rangga aylana olishi meni hayratda qoldirdi», deydi video mualliflaridan biri.

Yakshanba kuni mahalliy meteorologiya idorasi qizil osmon sababini izohlashdi.

«Yaxshi ob-havo sharoitida atmosferada ko‘proq suv aerozollarni hosil qiladi, ular portdagi baliqchi qayiqlarining yorug‘ligini sindirib, tarqatgan va odamlar ko‘rgan qizil osmon hosil bo‘lgan», dedi meteorologiya xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda osmon qip-qizil tusga kirdi