AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlari haqida «Asr jinoyati» deb nomlanadigan kitob yozayotganini ma’lum qildi.
U bu haqda Texasning Ostin shahrida bo‘lib o‘tgan The American Freedom tadbirida gapirdi. Uning so‘zlarini Indy100 keltirmoqda.
«Bu mamlakatimiz tarixidagi eng katta jinoyatlardan biridir. Va, afsuski, prokuratura bu borada hech narsa qilishni xohlamaydi. Men bu haqda «Asr jinoyati» deb nomlangan kitob yozyapman», dedi Tramp tinglovchilarga.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil mart oyida AQSH Oliy sudi Trampga 2020 yil noyabr oyida Viskonsin shtatida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovozlarni qayta ko‘rib chiqishni rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardaTramp amaldagi prezident Jo Baydenga imkoniyatni boy bergandi. Tramp ushbu saylovlarda g‘alaba qozonganini ta’kidlab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi