1 762
Yirik aviakompaniya Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli 113 ta samolyotini yo‘qotdi
Foto: «Aercap.com»
Dunyodagi eng yirik reaktiv samolyotlar egasi bo‘lgan AerCap Holdings samolyot lizing gigantining 113 ta samolyoti Rossiya tomonidan sanksiyalarga javoban musodara qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Rossiya hukumati tomonidan samolyotlar va 11 ta reaktiv dvigatellarning musodara qilinishi AerCap’ning chorak yil davomida 500 mln dollarlik foyda emas, balki 2 mlrd dollarlik sof zarar haqida hisobot berishiga sabab bo‘ldi.
Ammo kompaniya rahbarlari chorak haqiqatan ham yaxshi bo‘lganini va parvozga bo‘lgan talab COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tiklanishda davom etayotgani sababli yaxshi natijalar kutayotganlarini bildirishdi.
- Ammo Rossiya ta’siri nuqtai nazaridan bu chorak kompaniya uchun mustahkam poydevordir. Hozir barcha yo‘nalishlarimizda talabning ortib borayotganini, aktivlarimizdan foydalanishning ko‘payayotganini ko‘rmoqdamiz, — dedi kompaniya bosh direktori Angus Kelli.
Kompaniya 22 ta reaktiv samolyot va 3 ta dvigatelni Rossiya tomonidan musodara qilinishidan oldin qaytarib olishga erishdi. U samolyotlarini qaytarib olish uchun sug‘urta da’volarini topshirdi, garchi bu da’volarning ba’zilari Rossiya sug‘urta kompaniyalariga tegishli.
Kompaniya jami 1624 ta samolyotga ega bo‘lib, bu bitta aviakompaniyaga tegishli samolyotlardan ancha ko‘p hisoblanadi.
Rossiyaga yo‘qotilgan samolyotlar AerCap sof qiymatining 5 foizdan kamrog‘ini tashkil etdi, bu esa pandemiya davrida General Electric (GЕ)dan raqib lizing firmasi GЕCAS’ni sotib olish orqali oshgan.
AeroDynamic Advisory boshqaruvchi direktori Richard Abulafiyaning aytishicha, AerCap samolyotlar bilan bog‘liq moliyaviy yo‘qotishlardan osongina qoplay oladi.
Urush tugasa va sanksiyalar bekor qilinsa ham, G‘arb aviatsiya nazoratchilari nazarida samolyotlar ekspluatatsiya sertifikatlarini yo‘qotgan hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar