12:09 / 19.05.2022
1 091

Ukrainada harbiy jinoyatlar bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi

Ukrainada harbiy jinoyatlar bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi
Foto: EPA
Rossiya harbiy xizmatchisi Vadim Shishimarin Ukrainaning Sumi viloyatida qurolsiz tinch aholini o‘ldirganini tan oldi, deb xabar bermoqda Kiyevdagi Solomenskiy sudi zalida bo‘lgan BBC muxbiri.

Shishimarin Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, sudga tortilgan birinchi rossiyalik harbiydir. U qasddan odam o‘ldirish orqali urush qonunlari va urf-odatlarini buzganlik moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Unga 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Ukraina Bosh prokuraturasining versiyasiga ko‘ra, 28 fevral kuni Shishimarin Chupaxovka qishlog‘idan bo‘lgan 62 yoshli fuqaroni o‘ldirgan. Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda askarning so‘zlab berishicha, uning kolonnasi otishmaga uchragach, askar sheriklari bilan shu atrofdagi shaxsiy avtomobilni egallab olgan. Keyin, uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar yo‘lda telefonda gaplashib turgan tinch aholi vakilini ko‘rib qolgan va Shishimaringa unga o‘q uzishni buyurgan, u o‘q uzgan.

21 yoshli Vadim Shishimarin Irkutskda tug‘ilgan va Moskva viloyatidagi 4-tank Kantemirovskaya diviziyasida otryad komandiri bo‘lib xizmat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada harbiy jinoyatlar bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi