Foto: Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda rossiyalik serjant, 21 yoshli Vadim Shishimarin ustidan sud jarayoni davom etdi. Uni Sumi oblastida 62 yoshli tinch aholi vakilini o‘ldirishda ayblashmoqda va «Urush qonunlari va odatlarini buzish» moddasi bo‘yicha sud qilishmoqda. U Ukrainaga bosqindan keyin harbiy jinoyatlar sodir etishda ayblanib, sudga tortilgan ilk rossiyalik harbiydir.
19 may kuni sudda Aleksandr Shelipovning bevasi Katerina, Shishimarinning o‘zi va ayblovning ikki guvohi so‘roq qilindi, guvohlar - Shelipovlarning Chupaxovka posyolkasidagi qo‘shnisi hamda yana bir rossiyalik harbiy asir Ivan Maltisov. U qotillik chog‘ida Shishimarinning yonida bo‘lgan.
Shelipov qishloqda traktorchi bo‘lib ishlagan. «Men uning ortida o‘zimni xuddi tosh devor ortida turgandek his qilardim», deydi sudda uning bevasi. Katerina Shelipovaning so‘zlariga ko‘ra, 28 fevralga o‘tar kechasi posyolkadan tanklar o‘tgan. U va eri bu vaqtda yerto‘lada o‘tirishgan, 28 fevral tongida esa Aleksandr Shelipov portlashlardan hosil bo‘lgan voronkalarni ko‘rish uchun velosipedida aylanishga chiqib ketgan. Ko‘p o‘tmay u o‘q ovozlarini eshitgan. Ayol o‘z uyi ko‘cha eshigini ochgan va yengil avtomobilni ko‘rgan, uning orqa salonida avtomat ko‘targan Shishimarinni ko‘rgan.
Shelipova eshikni yopgan, yashiringan va avtomobil ketishini kutgan. Keyin yana ko‘chaga chiqqan va u yerda yotgan erini ko‘rgan, bu vaqtda u jon berib bo‘lgandi. «Men baqira boshladim. Qattiq baqirdim», deya eslaydi katta yoshli ayol.
Beva rossiyalik harbiy umrbod qamalishini istashini aytadi. Shu bilan birga uni «Azovstal»da asir tushgan ukrain harbiylariga almashtirishga qarshi emasligini bildirgan.
Sumi oblastida harbiy harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan Aleksandr Shelipovning bevasi Katerina Shelipova.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
«Nega kelding, kimdan himoya qilish uchun? Meni o‘ldirilgan erimdan himoya qilmoqchimiding?» - deya rossiyalik harbiyga yuzlanadi Shelipova.
«Meni kechira olmasligingizni tan olaman, ammo baribir uzr so‘rayman», dedi sudlanuvchi.
Vadim Shishimarin birinchi sud majlisidayoq aybiga to‘liq iqror bo‘lgandi. Ikkinchi sud majlisida u tinch aholi vakilini otishni unga praporshchik va mashinada bo‘lgan yana bir kishi (uni Shishimarin ham, ikkinchi guvoh Maltisov ham «noma’lum kishi» deb atagan) buyurgan.
Shishimarin va Maltisovning hikoya qilishicha, ular uch nafar harbiy xizmatchilar - praporshchik, katta leytenant va «noma’lum kishi» bilan birga mahalliy aholi vakilidan tortib olingan avtomobilda Rossiya kuchlari pozitsiyasigacha yetib olishga harakat qilishgan. Avvaliga yo‘l bo‘yida ketayotgan Shelipovni praporshchik va «noma’lum kishi» payqagan. Praporshchik Shelipov telefon orqali gaplashayotganini ko‘rgan va Shishimaringa o‘t ochishni buyurgan. Shishimarin sustkashlik qilgan va o‘q uzmagan, shundan keyin «noma’lum kishi» Shishimaringa o‘girilgan va agar otmasa, ular xavf ostida qolishini aytib, baqira boshlagan.
«Men uni o‘ldirishni istamagandim. Men ular meni tinch qo‘yishlari uchun otdim», degan sudda Shishimarin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u qisqa o‘t ochgan, Shelipovning tanasini ko‘rmagan. Shundan so‘ng, guvohning aytishicha, «noma’lum kishi» Shishimarinni ovuntira boshlagan va birinchi navbatda o‘z hayotini saqlash kerakligini aytgan.
Suddagi so‘roq chog‘ida ayblovchi tomon ham, advokat ham Shishimarin va Maltisovdan nima uchun Shishimarin o‘zini buyruqni bajarishga majbur deb hisoblagani haqida batafsil so‘rashgan. Formal jihatdan praporshchik va noma’lum yo‘lovchi serjantning bevosita komandiri bo‘lmagan. Ammo Maltisovning izohlashicha, praporshchik maqomi bo‘yicha kattaroq bo‘lgan, «noma’lum kishi» esa yelkasida hech qanday nishon belgilari bo‘lmaganiga qaramay, «buyruq ohangida baqirgan».
Ularning beshligidagi eng katta unvon egasi - katta leytenant bo‘lgan - u bu vaqtda avtomobil yukxonasida bo‘lgani tufayli vaziyatga ta’sir ko‘rsatmagan.
«Praporshchik otish bo‘yicha buyruqni katta leytenant bilan kelishganmi?» - deya so‘radi prokuror.
«Yo‘q, u yukxonada edi», - deya javob qaytargan Maltisov.
Sud jarayonidagi guvoh, Rossiya armiyasi oddiy askari Ivan Maltisov, u ukrain harbiylariga asir tushgan
Larisa Kalik / Ґrati
Qotillikdan keyinoq bu harbiylar ketayotgan avtomobil o‘qqa tutilgan. «Noma’lum kishi» yaralangan (sudda eslatib o‘tilishicha, u ko‘p o‘tmay halok bo‘lgan), keyingi kuni Shishimarin, Maltisov va unvoni bo‘yicha katta bo‘lgan ikki harbiy asir tushishga qaror qilishgan. Sudda keyingi ikki harbiyni so‘roq qilishning imkoni yo‘q edi - prokuratura xabar qilishicha, praporshchik va katta leytenant 13 aprel kuni ukrain harbiylariga almashtirilgan.
Suddagi so‘roq chog‘ida Maltisovdan harbiylar tinch aholi vakili Ukraina qurolli kuchlariga xabar yetkazayotganidan gumon qiladigan vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerakligi borasida so‘ralgan. «Otgandan ko‘ra telefonini olib qo‘ygan yaxshiroq», deya javob qaytargan asirlikdagi rossiyalik harbiy.
Prokuratura Shishimarin pushaymonligi va jinoyatni ochishda hamkorlik qilganiga qaramay, bevaning fikriga tayanib, u uchun umrbod qamoq jazosi so‘ragan.
Keyingi sud majlisi 20 mayga belgilangan. Unda himoyachi tomon chiqish qilishi kutilmoqda.
Vadim Shishimarin Irkutsk oblastidagi Ust-Ilimsk shahrida tug‘ilgan va Moskva oblastidagi 4-tank Kantemirovskaya diviziyasida otryad komandiri bo‘lib xizmat qilgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar