Jeri Nilsenning operatsiyasi qo‘rqinchliroq edi
1961 yili Antarktidaga qilingan 6-ekspeditsiya tarkibidagi yosh shifokor o‘zini-o‘zi operatsiya qilgan. Sababi ayon: bu qandaydir tajriba emas, balki chorasiz vaziyatda amalga oshirilgan amaliyot edi...
O‘sha kuni o‘zida vahimali alomatlar paydo bo‘lganida (harorati ko‘tarilib, ko‘ngli behuzur bo‘lgan, o‘ng biqinida og‘riq turgan) Leonid qanday hissiyotlarni boshdan kechirganini tasavvur qiling. U o‘ziga o‘tkir ko‘richak kasalligi tashxisini qo‘ydi. Mazkur holatlarda vaziyatga mutaassiblarcha yondashib bo‘lmaydi, har bir lahza bemorning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ekspeditsiyada tibbiy xodimlardan faqat Leonid Rogozovning o‘zi bor edi. Yaqin oradagi birorta stansiyada samolyot yo‘q, bo‘lganida ham bunday noxush havoda parvozni amalga oshirmasligi turgan gap edi. Mavjud vaziyatdagi yakkayu yagona chora o‘z-o‘zini operatsiya qilish edi...
Operatsiya 1961 yilning 30 aprel kechasi amalga oshirildi. Yosh jarrohga tibbiy uskunalarni uzatib turgan stansiya meteorologiya xizmatchilari va bemorning qorniga uncha katta bo‘lmagan oyna tutib, chiroq lampasi yog‘dusini yo‘naltirgan muhandis-mexanik yordam berishdi. Stansiya boshlig‘i esa tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan yordamchilardan birortasining mazasi qochsa, ko‘makka shay berish uchun navbatchi bo‘lib turdi.
Leonid Rogozov o‘ziga-o‘zi tashxis qo‘yib, keyin jarrohlik amaliyotiga kirishdi
Leonid yotgan holida avval novokain eritmasi bilan og‘riqni sezmaydigan tarzda etni o‘ldirdi, so‘ng jarroh tig‘i yordamida qovurg‘a bilan qorin orasini 12 santimetr kesdi.
Bu haqda Rogozov keyinchalik shunday deb yozgan edi:
«Men o‘zimni shu ishdan boshqa hech nimani o‘ylamaslikka majbur qildim... Agar hushimdan ketib qolsam, Sasha Artemev menga ukol qilishi kerak edi – unga shprits berib, qanday amalga oshirishni ko‘rsatgandim... Bechora yordamchilar! Oxirgi daqiqalarda men ularga tikilib qaradim: tibbiyotdan uzoq bu kishilar oq xalatda bo‘lib, ranglari yanada oppoq edi. Men o‘zim ham qo‘rqqan edim. Shunga qaramay, novokainli igna bilan teri ostimga birinchi dori yubordim. Qandaydir holat yuz berib, men operatsiya jarayoniga kirishdim va shu lahzadan e’tiboran hech nimani sezmadim.
Ammo, hatto oyna yordamida ham ko‘richakka qadar borish oson emas edi. Bu ishni paypaslash orqali amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Tuyqus xayolimni noxush fikr tilib o‘tdi: «Men o‘zimga katta jarohat yetkazyapman va buni his etolmayapman...» Ana shunda madorsizlanib, yuragim dosh berolmay qoldi. Har to‘rt-besh daqiqada operatsiyani to‘xtatib, 20-25 soniya dam ola boshladim. Nihoyat, mana u – yaramas ko‘richakning chuvalchangsimon o‘sigi!..
Ko‘richakni olib tashlashdagi eng og‘ir bosqichda men tushkunlikka tushdim, natijada yuragim muzlab, uning urishi yaqqol sustlashdi, qo‘llarim esa rezinaga o‘xshab qoldi. Endi nima bo‘ladi, – deb o‘yladim, – axir, buning oqibati yomon tugashi mumkin. Vaholanki, men o‘zimning ko‘richagimni olib tashlashim kerak edi, vassalom! Va, nihoyat, men o‘zimni xalos etganimni his qildim!»
1 soatu 45 daqiqa davom etgan operatsiya yarim tunda tugadi. Oradan besh kun o‘tib, harorat me’yoriga tushdi, yana ikki kundan so‘ng choklar olib tashlandi. Operatsiyadan keyin asoratlar sezilmadi: yosh shifokor sog‘ayib ketdi.
1962 yilning oktabrida Antarktida ekspeditsiyasidan qaytgan Rogozov bir yildan so‘ng klinik ordinaturadagi jarrohlik bo‘yicha o‘qishini tugatdi. Keyin butun umri davomida Sankt-Peterburgdagi nufuzli shifoxonada bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
* * *
Doktor Jerri Nilsen ham 1999 yilning mart oyida xuddi Rogozov kabi qutb stansiyasida bo‘lganida o‘ng ko‘krak bezini o‘zi olib tashlagan. Hamkasblari internet orqali videoaloqada bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Zamonaviy yondashuv doktor Nilsenga kimyoterapiya kursidan o‘tib, saratonni yengishiga ham sabab bo‘ldi.
O‘rta asrlarda xatarli jarrohlik amaliyotini qo‘llab, o‘z hayotini qutqargan shifokorlar haqida ham bitiklar bor. Biroq, ularning «o‘z tig‘i ostida» yotishiga chorasizlik emas, balki anatomik qiziqish sabab bo‘lgan. Axir, o‘sha paytlarda hech bir bemor o‘zini operatsiya qilishlariga ko‘nmas edi-da!
Akbar Fatxullayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar