AQSH prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen Inga salom yo‘lladi, deb yozadi Janubiy Koreyaning «Choson Ilbo gazetasi Oq uydagi jurnalistlarga tayanib.
Amerika yetakchisi Hyundai Motor Group rahbari Chon Iy Son bilan uchrashganidan so‘ng jurnalistlar Baydendan Kim Chen Inga aytadigan gaplari bor-yo‘qligini so‘rashdi.
Jo Bayden «salom» deb javob berdi va biroz to‘xtalishdan keyin qo‘shib qo‘ydi: «Hammasi shu».
Avvalroq AQSH prezidenti o‘zining Osiyo bo‘ylab safari chog‘ida KXDRning amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan, jumladan, ehtimoliy yadroviy sinovdan xavotirda emasligini, chunki Amerika tomoni Pxenyan qo‘ygan har qanday qadamga javob berishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentligi davrida KXDR bilan aloqalar bir qadar iliqlashgandi. Hatto Tramp Kim Chen In bilan uch marta uchrashishga ham ulgurgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda