
Foto: «Republic World»
Microsoft asoschisi Bill Geyts Reddit savol-javoblar sessiyasi (AMA, Ask me anything)da qatnashdi.
«Bill Geyts qanaqa telefon ishlatadi?». Reddit foydalanuvchisining ushbu savoliga javoban tadbirkor Android ekotizimini yaxshi ko‘rishini aytdi. «Men hozir Samsung Galaxy Z Fold 3 ni ishlatyapman», — qo‘shimcha qildi milliarder. Bill Geytsning ta’kidlashicha, bukiluvchi form-faktori sababli undan ham smartfon, ham portativ kompyuter sifatida foydalanish qulay. Umuman olganda, Geyts vaqti-vaqti bilan smartfonlarini yangilab turadi.

Samsung Galaxy Z Fold 3
Ko‘plab foydalanuvchilar Microsoft kompaniyasi Windows bazasida smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatganini tanqid qilishdi. «Menga na iOS, na Android yoqadi, biroq ikkovidan birini tanlashga majburman!», — dedi maxxyang niki ostidagi foydalanuvchi. «Windows Phone tizimining sodiq muxlislari ozchilik emas edi», — qo‘shimcha qildi OttomateEverything nikli foydalanuvchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar