1 222
Rossiyalik harbiy Ukrainada tinch fuqaroni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: AP Photo
Kiyevda sud rossiyalik harbiy Vadim Shishimarinni Sumi viloyatida qurolsiz fuqaro Aleksandr Shelipovni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi, deb yozadi Meduza.
U qasddan qotillik bilan birga, urush qonunlari va taomillarini buzganlikda ayblanayotgan edi.
Shishimarin sudda o‘z aybiga iqror bo‘ldi va marhumning bevasidan kechirim so‘radi. U Shelipovni o‘ldirish niyati bo‘lmaganini va unga ofitserning talabi bilan o‘q uzganini aytdi. Advokat sudlanuvchini oqlashni so‘radi.
Sudda yangragan dalillarga ko‘ra, 28 fevral kuni Shishimarin bo‘lgan kolonna o‘q yomg‘iri ostida qolgan. U va yana bir nechta harbiy xizmatchi bekinishga urinib, yurib ketayotgan yengil mashinaning g‘ildiragini teshib, uni egallab olgan. Yo‘lda ular telefonda gaplashayotgan erkakni ko‘rib qolgan. U o‘zlari haqida ukrain harbiylariga xabar berishi mumkin deb hisoblab, boshqa harbiylar Shishimaringa uni o‘ldirishni buyurgan, u esa mashina oynasidan erkakni avtomat bilan o‘qqa tutgan.
Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva rossiyalik harbiy xizmatchi Vadim Shishimarin bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda bo‘lib, uni himoya qilish variantlari qidirilishini ma’lum qildi.
«Shubhasiz, bizni o‘z fuqaromizning taqdiri xavotirga solmoqda. Afsuski, voqea joyida uning manfaatlarini himoya qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Chunki Ukrainada muassasalarimiz faoliyat olib bormayapti. Ammo bu boshqa kanallar orqali urinishlarni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmaymiz degani emas», — dedi Peskov.
«Har bir Rossiya fuqarosining taqdiri biz uchun birlamchi ahamiyatga ega», — deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda