Foto: WLWT
AQSHning Ogayo shtatida yashovchi yetti yoshli Daniel Vittenbax erta tongda uyg‘onib, gazlangan suv ichgisi kelib qolgan. Ota-onasini uyg‘otishni istamagan bola garajga borib, stul yordamida Kia Sportage kalitini olgan. U krossoverni o‘t oldirib, uzatmalar qutisini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan va eng yaqin supermarket tomon yo‘l olgan. Ko‘p o‘tmay, ota-onaga qutqaruv xizmatidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.
Uyi joylashgan tumandan chiqqan Daniel to‘rt polosali shossega tushib qolgan. Bir necha soniyadan so‘ng Sportage ajratuvchi chiziqni kesib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Mashina oldidan o‘tayotgan haydovchilar qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ayrim haydovchilar esa mashinaning yon oynasini sindirib, krossoverni to‘xtatishga ham uringan.
Yana bir erkak «haydovchi»ga qo‘llari bilan to‘xtash ishorasini bergan. Ammo ushbu harakatlarning barchasi samarasiz ketgan. Daniel Jeep Liberty’ga borib urilganidan keyingina to‘xtagan. Pachoqlangan avtomobillarni hisobga olmasa, bolaning safari yaxshi tugagan. «Daniel o‘zining gazlangan ichimligini olganmi yoki yo‘q noma’lum, ammo ota-ona endilikda kalitlarni ishonchli joyga berkitishi tayin», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi