Foto: Davlat dumasi
Rossiya Davlat dumasining MDH masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Konstantin Zatulin AQSH davlat departamenti delegatsiyasining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga safari yuzasidan xavotir bildirdi.
Deputatga ko‘ra, AQSH postsovet makonida Rossiya ta’sirini susaytirishga urinmoqda. Shu bois rasmiy Moskva AQSH delegatsiyasini Markaziy Osiyo bo‘ylab safarini jiddiy kuzatmog‘i lozim.
«Ayni paytda AQSHda hamma davrdan ham kuchliroq tarzda bizga qarshi kurashmoqda. Aslida, Moskva va Vashington o‘rtasida yaqin xorij uchun raqobat hamisha mavjud bo‘lib kelgan. Endilikda oldinga o‘tish uchun harakat qilish kerak», – deydi Duma vakili.
Markaziy Osiyo davlatlarining suveren maqomga ega ekanini yoddan ko‘targan deputat mintaqa mamlakatlari bu borada betaraf turishi mumkin emasligini uqtirgan.
K.Zatulinga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyo bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda. Shunga ko‘ra mintaqa davlatlari «Rossiyaning raqiblari» bilan aloqalarda ehtiyot bo‘lishi, Rossiyaga zarar yetkazmasligi kerak va bu borada kelishuv bo‘lishi lozim.
Avval xabar berganimizdek, 24 may kuni AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashdi. Muzokaralarda rasmiy Vashington O‘zbekistonga iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal etishda ko‘mak taklif qildi.
Rossiya mulozimlarining Markaziy Osiyo–AQSH hamkorligiga e’tiroz bildirishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 2020 yilda Qo‘shma Shtatlar tomonidan mintaqa bo‘yicha yangi strategiya e’lon qilingani ham Moskva tomonidan og‘riqli qabul qilingan edi.
Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlariga faqat Rossiya yoki Xitoyga suyanib qolmay, ko‘p vektorli siyosat yuritish, AQSH hamda Yevropa Ittifoqi kabi kuch markazlari bilan ham yaqin hamkorlikda bo‘lish tavsiya etilmoqda. Demokratiya markazi sanalgan mutaraqqiy davlatlarning mintaqada faollashuvi esa Moskva va Pekinga xush kelmayapti. Rossiya va Xitoy rasmiylari o‘z noroziligini goho ochiq tarzda, gohida esa ishoralar orqali bildirib kelmoqda.
2020 yil fevral oyida Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi ham AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning Toshkentda bildirgan mulohazalariga g‘azabnok bayonot bilan javob qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi