Foto: Delfi
Litva Ukrainaga umumiy qiymati 15,5 million yevro bo‘ladigan 20 ta M113 zirhli transportyorlari, 10 ta harbiy yuk mashinasi hamda sapyorlar ishi uchun 10 ta yo‘ltanlamas transport vositalarini jo‘natadi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Shuningdek, Litva Ukrainaga birinchi harbiy yordamini joriy yilning 24 fevralidan, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishidan avval yuborganini eslatdi. Ushbu yordam Stinger havo hujumidan mudofaa tizimlari, tankka qarshi qurollar, zirhlar va dubulg‘alar, 120 millimetrli minomyotlar, o‘q-dorilar, termal tasvirlar, dronlar, antidronlar, kuzatuv radarlarini o‘z ichiga olgan.
Umuman olganda, Litvaning Ukrainaga hozirgacha ajratgan harbiy yordami miqdori 100 million yevroni tashkil qilmoqda.
Litva, shuningdek, ukrainaliklarni ularga taqdim etilgan qurol-yarog‘ bilan ishlashga o‘rgata boshladi. Aprel oyi oxirida tayyorgarlikning birinchi bosqichi yakunlangan — tankka qarshi tizimlar bo‘yicha 20 nafar instruktor tayyorlangan.
24 may kuni Kanada Ukrainaga qo‘shimcha ravishda 20 mingta artilleriya snaryadlarini yuborishi e’lon qilingandi.
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin «Ukraina mudofaasi bo‘yicha kontakt guruhi» uchrashuvida Kiyevga 20 ta davlat tomonidan qo‘shimcha yordam yuborilishini aytgandi. Ostin Italiya, Gretsiya, Norvegiya va Polsha kabi mamlakatlarning Ukrainaga artilleriya jihozlarini berishini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Litva parlamenti Ukrainadagi voqealar sabab Rossiyani «terrorchi davlat» deb e’lon qilgan. Litva rasmiylari ittifoqqa a’zo davlatlar ichida birinchi bo‘lib Rossiya gazidan butunlay voz kechdi, rossiyaliklarga qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatdi, Rossiya bilan diplomatik vakolatxona darajasini pasaytirdi va Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi