
G‘arb Rossiya iqtisodiyotini barbod qilishning uddasidan chiqa olmadi. Mamlakatning moliyaviy tizimi faoliyat yuritishda davom etmoqda, deya yozadi Germaniyaning Deutsche Wirtschafts Nachrichten (DWN) nashri.
Maqolada yozilishicha, rubl kursi yevroga nisbatan so‘nggi sakkiz yil ichida rekord darajada ko‘tarilgan.
Ko‘p g‘arblik tahlilchilar Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan keyin rubl qulashi va Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini (retsessiya) bashorat qilishgan edi. Ammo bu ro‘y bermagan. Rossiyaga iqtisodiy kurashga yaxshi tayyorlangan ekan, deya yozadi nashr.
Xususan, Moskva neft va gaz savdosidan katta daromad olmoqda. Yevropa ittifoqi, Rossiya neftidan voz kechishga qaror qilgan G7 mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Rossiya energiya resurslaridan voz kecha olmaydi.
Qolaversa, mamlakat qora oltin savdosidagi yo‘qotishlarining katta qismini Hindiston va Xitoy tufayli qoplagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar